CXM Forex Expo Dubai 2026’da Eng Ishonchli Global Broker mukofotini qo‘lga kiritdi

CXM Group Janubiy Afrikaning Moliyaviy sektorni nazorat qilish boshqarmasi (FSCA) tomonidan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot sifatida litsenziyalangan (FSP 49128), bosh ofisi Yoxannesburgda joylashgan TD Markets (Pty) Ltd brokerlik kompaniyasini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Bitimning moliyaviy shartlari oshkor etilmaydi.
Ushbu strategik xarid bir-birini to‘ldiruvchi ustunliklarga ega ikki kompaniyani birlashtiradi. 2015-yilda tashkil etilgan TD Markets Janubiy Afrikada bosh ofisiga ega yetakchi mahalliy brokerlardan biri bo‘lib, Afrika bo‘ylab 50 000 dan ortiq faol mijozga xizmat ko‘rsatadi. TD Markets ushbu hamkorlikka FSCA litsenziyasi, mahalliy bozorda tanilgan brendi, shakllangan mijozlar bazasi va hamkorlar tarmog‘ini olib kiradi. CXM esa xalqaro miqyosdagi faoliyati va rivojlangan savdo infratuzilmasi bilan ushbu imkoniyatlarni to‘ldiradi. Ikkala kompaniyani umumiy maqsad — Afrika bo‘ylab biznes rivojlanishini jadallashtirish birlashtiradi.
Ushbu xarid CXM kompaniyasiga Janubiy Afrikada tartibga solinadigan faoliyat uchun mahalliy tayanch yaratadi. TD Markets mijozlari CXM’ning global likvidligi va savdo texnologiyalaridan, hamkorlari esa CXM’ning xalqaro hamkorlik dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu TD Markets mijozlari va hamkorlari uchun nimani anglatadi?
TD Markets brendi, jamoasi va FSCA litsenziyasi saqlanib qoladi. Bitim mijozlarning hisoblari, mablag‘lari va savdo platformalariga ta’sir qilmaydi.
• Janubiy Afrikadagi mijozlarga FSCA nazorati ostidagi TD Markets (Pty) Ltd xizmat ko‘rsatishda davom etadi. Ularning hisoblari, mablag‘lari va faoliyatni nazorat qiluvchi regulyator o‘zgarmaydi.
• Mijozlarning mablag‘lari avvalgidek alohida ajratilgan (segregatsiyalangan) hisoblarda saqlanadi.
• Savdo platformalari, tizimga kirish ma’lumotlari, hisob turlari va mablag‘larni yechib olish tartibi o‘zgarishsiz qoladi. Mijozlardan hech qanday qo‘shimcha harakat talab etilmaydi.
• Introducing Broker (IB) va boshqa hamkorlar bilan tuzilgan amaldagi shartnomalar TD Markets bilan o‘z kuchida qoladi.
• Kelgusidagi har qanday o‘zgarish haqida FSCA talablariga muvofiq oldindan xabar beriladi.
TD Markets mijozlari va hamkorlari batafsil ma’lumot hamda ko‘p beriladigan savollarga javoblarni tdmarkets.com/cxm sahifasidan olishlari mumkin.
Kuchlarni birlashtirish
"Janubiy Afrika qit’adagi eng rivojlangan moliya bozorlaridan biriga ega. Bu yerda, ayniqsa, oltin savdosi bo‘yicha treyding madaniyati yaxshi shakllangan", — dedi CXM Group marketing direktori (CMO) Andrey Alekseyev.
"TD Markets kuchli mahalliy brend yaratgan, iqtidorli mutaxassislar jamoasini shakllantirgan va sodiq treyderlar hamjamiyatini birlashtirgan. Biz mijozlar qadrlaydigan jihatlarni o‘zgartirish uchun kelganimiz yo‘q. Aksincha, ularni yanada rivojlantirishga — likvidlik, texnologiyalar va Yoxannesburgdagi mahalliy mutaxassislarga sarmoya kiritishga intilamiz. Birgalikda Afrika bo‘ylab treyderlar va hamkorlar uchun o‘sish sur’atlarini jadallashtiramiz".
TD Markets bosh direktori (CEO) Amar Ramit shunday dedi:
"Ushbu jarayon davomida bizning asosiy ustuvor vazifamiz mijozlarimiz va jamoamiz uchun munosib uzoq muddatli hamkor topish edi. CXM’ning bitimlarni ijro etish sifati, savdo texnologiyalari sohasidagi salohiyati hamda brendimiz, xodimlarimiz va FSCA litsenziyamizni saqlab qolishga bo‘lgan qat’iy yondashuvi uni eng maqbul hamkorga aylantirdi. Mijozlarimiz uchun TD Markets avvalgidek qoladi, biroq endi uning ortida yanada keng imkoniyatlar va kuchli qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi".
Afrika bozorida o‘sishni jadallashtirish
2026-yilda CXM iFX EXPO Dubai ko‘rgazmasida «Oltin savdosi bo‘yicha eng yaxshi broker» (Best Gold Trading Broker) mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shu yili kompaniya oltin bilan haftaning 7 kuni, sutkasiga 24 soat savdo qilish imkoniyatini ishga tushirdi hamda savdo hisoblarini TradingView platformasiga uladi. Bitim yakunlangach, CXM va TD Markets ushbu imkoniyatlarni, shuningdek, CXM’ning likvidlik va bitimlarni ijro etish infratuzilmasini Janubiy Afrikadagi mijozlarga taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Biz Yoxannesburgdagi jamoani rivojlantirishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu jamoa biznes o‘sishini jadallashtirish va Afrika bo‘ylab faoliyatni yanada kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. TD Markets rahbariyati o‘z faoliyatini davom ettiradi, Amar Ramit esa bosh direktor lavozimida qoladi.
TD Markets haqida
TD Markets (Pty) Ltd — Janubiy Afrikaning Moliyaviy sektorni nazorat qilish boshqarmasi (FSCA) tomonidan litsenziyalangan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot (FSP 49128). Kompaniyaning bosh ofisi Yoxannesburgning Sandton hududida joylashgan. TD Markets Afrika bo‘ylab mijozlarga MetaTrader 4 va MetaTrader 5 platformalari orqali turli aktivlar bilan savdo qilish imkoniyatini taqdim etadi.







